Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish: 26.10.2026
Ushbu hujjat Tiba Agent platformasidan (keyingi o'rinlarda — «Platforma») foydalanish tartibini belgilaydi va Platforma bilan foydalanuvchi o'rtasidagi ommaviy oferta hisoblanadi.
Ro'yxatdan o'tish va xizmatdan foydalanish orqali siz ushbu shartlarni to'liq o'qib chiqqaningizni va ularga rozilik bildirganingizni tasdiqlaysiz. Shartlarga rozi bo'lmasangiz, xizmatdan foydalanmang.
Platforma Uzum Market savdo maydonchasi uchun tovar kartochkalarini tayyorlash xizmatini ko'rsatadi. Kartochka foydalanuvchi taqdim etgan rasm va ma'lumotlar asosida tayyorlanadi.
Xizmat ikki turda ko'rsatiladi: yangi kartochka yaratish va mavjud kartochkani qayta tayyorlash. Qayta tayyorlashda foydalanuvchi ko'rsatgan (Tovar ID) Uzum Market kartochkasi tahlil qilinadi, infografikadagi xatolar tuzatiladi, kalit so'zlar qayta teriladi, nom, tavsif va xususiyatlar foydalanuvchi belgilagan ishlar doirasida yangilanadi.
SKU — tovarning alohida varianti (rang yoki o'lcham). Kartochkaning artikuli bitta; bir nechta SKU bo'lsa, har biri o'z rasmlari bilan yuklanadi, o'lcham, og'irlik va narx esa barcha SKU uchun umumiy yoki har biri uchun alohida kiritiladi. Yangi kartochkada har bir SKU'ning kamida bitta rasmi bo'lishi shart.
Bitta kartochka narxiga quyidagilarning barchasi kiradi va ular uchun alohida to'lov olinmaydi:
Kartochka zayavka yuborilgan paytdan boshlab 1 soatdan 24 soatgacha bo'lgan muddatda tayyorlanadi. Muddat tovar murakkabligi va navbatga bog'liq.
Foydalanuvchi taqdim etgan ma'lumot to'liq bo'lmasa yoki aniqlashtirish talab qilinsa, muddat foydalanuvchidan javob kelguniga qadar to'xtatiladi.
Muddat Uzum Market tomonidagi moderatsiya vaqtini o'z ichiga olmaydi — kartochka joylangandan keyin uni Uzum o'z qoidalari asosida ko'rib chiqadi.
Platforma kartochkadagi ma'lumotlarning 99% aniqlikda kiritilishini majburiyat sifatida oladi. Bu quyidagilarni anglatadi:
Agar Platforma yaratgan kartochkada savdo bo'lmasa, o'sha kartochka uchun to'langan pul qaytariladi.
Ariza foydalanuvchi tomonidan kabinetdagi «Yordam» bo'limi orqali yuboriladi. Har bir ariza alohida ko'rib chiqiladi.
Kafolat quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda amal qiladi:
Platformadagi barcha hisob-kitoblar ichki «tanga» birligida yuritiladi. 1 tanganing narxi tanlangan tarif paketida ko'rsatiladi. Bitta kartochka — 10 tanga, unga 3 tagacha SKU kiradi; mavjud kartochkani qayta tayyorlash — 10 tanga, 3 tagacha SKU bilan.
Kartochkada 3 tadan ortiq SKU bo'lsa, har bir qo'shimcha SKU uchun 2 tanga qo'shiladi. Yakuniy narx zayavka yuborilishidan oldin ko'rsatiladi va yuborilgan paytdagi SKU soni bo'yicha bir marta yechiladi.
Tanga paketlarida bonus tangalar berilishi mumkin. Bonus tangalar faqat Platforma xizmatlariga sarflanadi.
To'lov ko'rsatilgan kartaga o'tkazma orqali amalga oshiriladi. Foydalanuvchi to'lov chekini kabinetga yuklaydi, Platforma uni tekshirib tasdiqlaydi va tangalar hisobga qo'shiladi.
To'lov tasdiqlangani haqida kabinet va Telegram orqali xabar beriladi. To'lov tasdiqlanmasa, sabab ko'rsatilgan holda xabar yuboriladi.
Kartochka yaratish uchun foydalanuvchi Platformaning xizmat raqamini o'z Uzum Seller kabinetiga xodim sifatida qo'shadi va kartochka yaratish huquqini beradi.
Platforma ushbu kirishdan faqat kelishilgan tovar kartochkalarini yaratish va tahrirlash uchun foydalanadi.
Foydalanuvchi Platformaga to'g'ri, haqiqiy va to'liq ma'lumot berishi shart. Noto'g'ri ma'lumot sababli yuzaga kelgan xatolar uchun Platforma javob bermaydi.
Tayyor kartochka uchun ochiladigan ommaviy sahifada mijozlar sharh va baho qoldirishi mumkin. Sharhlar chop etilishdan oldin moderatsiyadan o'tadi.
Platforma foydalanuvchi ma'lumotlarini himoya qiladi va ularni uchinchi shaxslarga sotmaydi hamda oshkor qilmaydi.
Platforma o'z zimmasidagi ishni sifatli bajarishga javob beradi. Ayni paytda quyidagilar Platformaga bog'liq emas va ular uchun javobgarlik olinmaydi:
Platforma ushbu shartlarga o'zgartirish kiritish huquqini saqlab qoladi. Muhim o'zgarishlar haqida kabinet va Telegram orqali oldindan xabar beriladi.
O'zgarishlardan keyin xizmatdan foydalanishni davom ettirish yangi shartlarga rozilik sifatida qabul qilinadi.
Har qanday savol, e'tiroz yoki nizo avvalo muzokara yo'li bilan hal qilinadi. Murojaatlarni kabinetdagi «Yordam» bo'limi orqali yuborishingiz mumkin — javob kabinet va Telegram orqali yetkaziladi.
Kelishuvga erishilmagan taqdirda nizo O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.