Qanday ishlaydi
Ro'yxatdan o'tishdan tayyor kartochkagacha — butun jarayon batafsil. Kartochka 1–24 soat ichida, 99% aniqlikda tayyorlanadi.
Siz nima olasiz
10 tanga ichida (3 tagacha SKU) kartochkaning barcha qismi tayyorlanadi.
Qidiruvda topiladigan, Uzum qoidalariga mos sarlavha
Xaridorlar qidiradigan so'zlar tahlil qilinib joylashtiriladi
Rasmlarga afzallik, o'lcham va komplektatsiya joylashtiriladi
Sotuvni oshiradigan matn — bo'sh maydon qolmaydi
Barcha xususiyatlar jadvali to'ldiriladi
Tovar to'g'ri bo'limga joylashtiriladi
SKU, 3 tomonlama o'lcham va og'irlik aniq kiritiladi
10 tagacha rasm to'g'ri ketma-ketlikda joylashtiriladi
Bosqichma-bosqich
Telefon raqamingizni kiritasiz, SMS orqali kelgan kodni tasdiqlaysiz va parol yaratasiz. Bu 1 daqiqadan kam vaqt oladi.
Uzum Seller kabinetingizga Tiba Agent xizmat raqamini xodim sifatida qo'shasiz:
Keyin do'kon ID sini platformaga kiritasiz. Bir nechta do'koningiz bo'lsa — "+ Do'kon qo'shish" tugmasi orqali barchasini ulashingiz mumkin.
Tarif paketini tanlaysiz va to'lovni amalga oshirasiz. Bitta kartochka 10 tangadan, 3 ta SKU gacha. Har bir qo'shimcha SKU (masalan, yana bir rang) +2 tanga. Infografika va kalit so'zlar shu narxga kiradi.
Kartochka yaratish formasini to'ldirasiz:
Zayavka navbatga tushadi va ishlov berish boshlanadi. Tovar nomi, kalit so'zlar, infografika va tavsif tayyorlanadi, so'ng sifat tekshiruvidan o'tkaziladi. Jarayonni kabinetda real vaqtda kuzatasiz.
Hisobingizni Telegram botga bog'laysiz — holat o'zgarganda, kartochka tayyor bo'lganda va yangi sharh kelganda darhol xabar olasiz.
Kartochka do'koningizga joylanadi. Har biri uchun ommaviy sahifa ochiladi — mijozlaringiz u yerda sharh va baho qoldiradi. Sharhlarga javob berish imkoni ham bor.
Savdo bo'lmasa — pulingiz qaytariladi
Biz yaratgan kartochkada savdo bo'lmasa, kartochka uchun to'langan pul qaytariladi. Arizani kabinetdagi Yordam bo'limi orqali yuborasiz.
To'liq shartlar bilan Foydalanish shartlari bo'limida tanishing.